Yakunlanib borayotgan 6 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
O‘zbekiston delegatsiyasi Bryusselda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 5 oktabr, chorshanba kuni Bryusselda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
>>> Batafsil.
Sergeli tumanida 500 ta ko‘p qavatli uy barpo etish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi

Toshkent shahar hokimligida «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonun ijrosini ta'minlashga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
>>> Batafsil.
O‘zbekistonda yangi erkin iqtisodiy hudud tashkil etiladi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida erkin iqtisodiy hudud barpo etiladi. O‘zbekiston Prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev viloyatga safari chog‘ida shunday tashabbus bilan chiqqan.
>>> Batafsil.















