Samarqand viloyatining Urgut tumanida erkin iqtisodiy hudud barpo etiladi. Özbekiston Prezidenti v.b. Şavkat Mirziyoyev viloyatga safari çoğida şunday taşabbus bilan çiqqan. 

«Özbekiston» telekanalining «Axborot» dasturi xabar qilişiça, ayni vaqtda tumanning 42 gektarlik sanoat hududida 40ta işlab çiqariş korxonasi faoliyat yuritsa, şulardan 19tasi xorijiy hamkorlar bilan taşkil etilgan. Bu yerda 1200 kişi iş bilan ta'minlangan. 

Ötgan yili mazkur quvvatlarda 20dan ortiq, 157,5 mlrd sömlik sanoat mahsuloti işlab çiqilgan, eksport hajmi 10 mln dollardan oşib ketgan. 

Sanoat hududida gilamlar va gilam mahsulotlari, sun'iy tola, elektrpeçka, gaz plitalari, bir martalik plastik idişlar va boşqa mahsulotlar işlab çiqiladi, deb yozmoqda Gazeta.uz sayti. 

2017 yili tumanda sanoat mahsulotlarini işlab çiqiş böyiça yana 78ta loyihani amalga oşiriş va 3400 iş örnini yaratiş rejalaştirilmoqda. 

Bugungi kunda, Özbekistonda 3ta iqtisodiy hudud faoliyat yuritadi. Bu yerda sarmoyadorlar uçun biznes yuritiş uçun imtiyozlar va alohida imkoniyatlar taqdim etiladi. Bular, Navoiy viloyatidagi «Navoiy» sanoat-iqtisodiy zonasi, Toşkent viloyatidagi «Angren» maxsus industrial zonasi va Jizzax hamda Sirdaryo viloyatidagi «Jizzax» maxsus industrial zonasidir.