"Metyu" bo‘roni sababli 4,5 mingdan ko‘proq aviareys bekor qilindi, deb xabar bermoqda FlightAware xizmati ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, bo‘ron sababli AQShdagi yirik ko‘ngilochar bog‘lar – Walt Disney World, Universal Studios va SeaWorld ham yopilgan.

Avvalroq Gaitida bo‘rondan halok bo‘lganlar soni 842 kishiga yetgani ma'lum qilingandi.