07:53 / 09.10.2016
8123

Tramp: endi men prezidentlik poygasidan hech qachon chiqmayman

Foto: AP /Evan Vucci

AQSh prezidenti lavozimiga respublikachi nomzod Donald Tramp tvitterdagi sahifasida o‘z nomzodini prezidentlik poygasidan olmasligini ma'lum qildi. 

"Media va funktsionerlar mening poygadan chiqishimni juda istashmoqda – men hech qachon poygadan chiqmayman, hech qachon tarafdorlarimga pand bermayman!", deb yozdi Tramp. 

Tramp bu bayonotni 2005 yilda ayollar sha'niga aytgan haqoratomuz gaplari va bu holat videosi OAVda chop etilgani sababli berdi. Respublikachilar partiyasining 3 nafar vakili bu mojaro sababli uni prezidentlik poygasini tark etishga chaqirishgan. 

 

Mavzuga oid
Top