Bugun, 10 oktabr kuni "VKontakte" ijtimoiy tarmoği 10 yoşga töldi. Şu kunning özidayoq 2014 yilda boş direktor lavozimini tark etgan "VKontakte" asosçisi Pavel Durov ham özining 32 yoşligini nişonlamoqda. Durov özining "VKontakte"dagi sahifasida ilk yirik loyihasini yaratiş davomida olgan 10 saboq haqida söz yuritdi.
1. Hamma narsani tez bajariş mumkin. "VKontakte"ning birinçi versiyasini bir oydayoq yaratdim. U tezda ösa boşladi. Kim nima deyişidan qat'i nazar, iş tez va sifatli yoki uzoq va sifatsiz bajariladi.
2. Hamma narsani tez amalga oşiriş kerak. 2006 yilda "VKontakte" bilan birga xuddi şu konsepsiyadagi bir neça sayt işga tuşdi. Hozirda ular unutilgan, çunki "VKontakte" tezroq rivojlandi.
3. Boşqa sohalar bilan uyğunlaşuvçi tomonga ösiş kerak. "VKontakte" tarmoği SPbGU forumining muvaffaqiyati tufayli ösdi, SPbGU forumi esa - tilşunoslar saytining muvaffaqiyatidan. Har bir loyiha özidan oldingi muvaffaqiyatli tajribaga tayanişi kerak.
4. Inson ongli mavjudot. U siz taklif qilayotgan mahsulotingizni köpinça his qila biladi. Har bir kiçik işlanma va yoqimli ğoya yangi sodiq foydalanuvçilarni jalb qiladi.
5. Bir neça rollarni uyğunlaştiriş samarali natija berişi mumkin. "VKontakte" yaratilgan ilk damlarda men uning kod, grafika, şakl, interfeyslari va marketingini yaratganman. Bularning barçasini uyğunlaştiriş boşqalar bilan muloqot qiliş uçun ketadigan vaqtni tejaş imkonini berdi.
6. Faqat öz içki his-tuyğularingizga işoning. Har safar özimdan katta va aqlli kişilarning fikriga quloq tutganimda vaqtimni yöqotganman. Agar siz nima qiliş kerakligini yaxşi his qilsangiz, nufuzli kişilarning fikrini ham rad eting.
7. Miqdor sifat uçun xizmat qilmaydi. "VKontakte" jamoasi unça katta bölmasa-da, iste'dodli va qiziquvçan kişilardan taşkil topgandi. Bunday jamoa maoş uçun işlovçi bir qöşin yollanma işçilardan samaraliroq faoliyat olib boradi.
8. Heç kimga 100 foiz işonmang. Kişilarni qaçondan beri bilişingiz va qançalik işonçga loyiq, deb hisoblaşingizning ahamiyati yöq - asosiy masalalarni şaxsan nazorat qiliş lozim.
9. Qörquv mantiqsiz böladi. "VKontakte"ni boşqariş davomida köp sinovlarga duç keldik - DDoS-hujumlar, jinoiy işlar, aksionerlar uruşi, medialar uruşi, da'volar, fitnalar va hokazo. Hissiyotlar samara bermaydi, şunday ekan, kerakli işni bajarsangiz bas.
10. Tamoyillar daromaddan muhimroq. Raqiblar reklama, aksiyadorlar va amaldorlar foydasiga xizmat qilgan bir vaqtda "VKontakte" tarmoği öz foydalanuvçilari manfaatini himoya qildi. Insonlar manfaati yölida xizmat qiliş - haqiqiy omadga erişişning yagona sababi.

















