YaNGIÇA QARAŞ. YaNGI TeXNOLOGIYaLAR. INNOVATsION LOYIHALAR.
Ötgan oy mamlakatning axborot va kommunikatsiyalar sohasida voqealarga boy tarzda ötdi. Ulardan asosiylaridan biri axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining ICTWEEK 2016 haftaligi böldi. Huawei kompaniyasi mazkur maydonçaning ahamiyatini inobatga olgan holda, bu yil şunçaki iştirok bilan çeklanib qolmaslikka qaror qilib, Haftalikning muhim tadbirlari homiysiga aylandi..
HAINA LOYIHASI – KADRLANNI TAYYoRLAŞDA YaNGIÇA YoNDOŞUV
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining ICTWEEK 2016 haftaligi 19 sentabrda iş boşladi. Uning oçilişi kuni Huawei kompaniyasi özinining HAINA yangi ilmiy-ta'lim loyihasi – Huawei axborot va tarmoq texnologiyalari avtorlaşgan akademiyasini işga tuşirganini e'lon qildi. Akademiya Toşkent axborot texnologiyalari universitetida iş olib boradi. U kelgusida Özbekistonning ITK va telekommunikatsiyalar sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş bazasiga aylanadi. Uşbu loyiha Markaziy Osiyoda birinçi bölib işga tuşirildi va şunisi bilan ahamiyatliki, Toşkent axborot texnologiyalar universiteti qoşida axborot texnologiyalari sohasida kadrlarin sertifikatsiyalaş Markazi yaratiladi. Akademiya IKT sanoati va uşbu yönalişda işlaş va ösişni istagan umidli mutaxassis yoşlar örtasida öziga xos köprik vazifasini ötaydi. Loyiha quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi: a) mamlakatning eng yaxşi oli öquv yurtlari bilan hamkorlik qiliş; b) IKT sohasidagi iqtidorlik mutaxassislarni hamkorlikda rivojlantiriş; v) IKT sanoatini ilgari suriş; g) iqtidorli va iste'dodli yoşlarni qöllab-quvvatlaş.
- Uşbu memorandumni imzolar ekanmiz, biz Özbekistonning 25 yilligiga Akademiyani tayyorlaş va uni universitet boşqaruviga berişni maqsad qilgan edik. Biz va'damizning ustidan çiqqanimiz hamda IKT va telekommunikatsiyalar yönalişida interaktiv dasrlarni ötkaziş uçun “aqlli” sinfxonani yaratganimizdan juda faxrdaman. Huawei axborot va tarmoq texnologiyalari avtorlaşgan akademiyasi (HAINA) beğaraz şeriklik dasturi bölib, yoş mutaxassislar uçun Huawei sertifikatlangan kurslarini taşkil etişda universitetlar va kasb-hunar kollejlarini qöllab-quvvatlaydi - dedi Huawei ning Özbekistondagi boş direktori Van Pen.
ICTSUMMIT 2016 – INNOVATsIYa ĞOYaLARI UÇUN MAYDONÇA
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, Huawei kompaniyasi ICTWEEK iştirokçisi böliş bilan birga, Haftalik doirasida bölib ötgan bir qator tadbirlarning homiysiga aylandi, taşkilotçilar bilan hamkorlik qildi. Ulardan biri 20 sentabrda xalqaro biznes markazida ötkazilgan ICTSUMMIT 2016 tadbiri böldi. Tadbir jamoatçilikni axborot kommunikatsiyalari bozoridagi yangliklar bilan taniştiriş, keng polosali texnologiyalar mavzusini rivojlantiriş, xorijiy ekspertlarning IKT sanoatida tajriba almaşişiga qaratilgan.
















