Germaniyaning dunyoga maşhur BMW kompaniyasi savdo belgisining yuz yilligi munosabati bilan yangi mototsikl kontseptini namoyiş etdi. Şu yilning bahorida taqdim etilgan kontsept-kar singari ikki ğildirakli prototip ham Vision Next 100 nomini oldi. Unda kompaniya işlab çiqaruvçi mototsikllar kelasi yuz yilda qanday rivojlanişini ma'lum qildi.

Kontsept uçburçakli konstruksiya atrofiga barpo etilgan bölib, dizaynerlar uning taşqi körinişini BMW tomonidan 1923 yilda işlab çiqilgan R32 birinçi mototsiklga imkon qadar öxşatişga urinişgan. Uning aksariyat butlovçi qismlari karbondan yasalgan.

Uni boşqariş Flexframe deb nomlangan texnologiya yordamida amalga oşiriladi. Bayker rulni buriş bilan nafaqat rulni özini balki butun konstruksiyani buradi. Tezlik qançalik yuqori bölsa, mototsiklçi buriliş vaqtida köproq kuç sarflaşi talab etiladi. 

Kontseptni, hozirda ot kuçi e'lon qilinmayotgan elektromotor harakatga keltiradi. Motorning öziga xos jihati şundaki, uning ölçami mototsikl joyida turganida kiçrayadi, bayk harakatga kelganda kengayadi.

Uning bort elektronikasi qöşimça reallik qoidasi asosida işlab çiqilgan. Şunga köra, mototsiklçiga proyektsion displeyli közoynak va maxsus libos taqdim etiladi. Bu libos havo haroratiga köra isişi yoki sovuşi mumkin. Bundan taşqari, kostyum qiyalik burçagi xavfli bölgan vaqtda titraydi. 

Vision Next 100 mototsikli BMW kompaniyasining öz yuz yilligiga tayyorlagan törtinçi sovğasi böldi. Avvalroq, uşbu kompaniyaga tegişli Rolls-Royce va MINI modellarining ham yuz yillikka bağişlangan kontseptlari işlab çiqilgan edi.