Örta Yer dengizida qutqarib olingan barça noqonuniy muhojirlarni yana ortlariga – Şimoliy Afrikaga yuboriş kerak, deb aytdi Germaniya içki işlar vaziri Tomas de Mezer. U bu haqda Lyuksemburgda ötayotgan Yevropa Ittifoqi davlatlari içki işlar vazirlari iştirokidagi yiğilişda aytib ötdi.

"Örta Yer dengizida qutqariluvçi odamlar Şimoliy Afrikadagi vaqtinçalik boşpanalarga jönatilişi kerak. U yerda ularning himoyaga muhtojliklari tekşirilardi va biz bundaylarni Yevropaga jönatiş mexanizmini taşkil qila olgan bölardik", deb keltirdi de Mezer aytgan sözlarni Agence France-Presse axborot agentligi. ""Iqtisodiy muhojirlar" deb tan olinganlar esa öz davlatlariga qaytarilişlari kerak, deb hisoblamoqda de Mezer.

2015 yilda Yaqin Şarq va Şimoliy Afrikadagi bir qator davlatlarda ixtiloflarning avj olişi sababli bu mintaqalardan Yevropaga kelayotgan muhojirlarning soni keskin oşib ketdi. Örta Yer dengizi orqali yöl bunday muhojirlar uçun Yevropaga kelişning asosiy yöli hisoblanadi. 

Migratsiya böyiça xalqaro taşkilotning ma'lum qilişiça, yil boşidan beri Örta Yer dengizi orqali Yevropa davlatlariga 303 mingga yaqin muhojir va qoçqinlar kelgan. Şu bilan birga 3,5 mingdan köproq odam yölda halok bölgan yoki bedarak yöqolgan.