Trampning advokatlari NYT'dan uning ayollarga shilqimlik qilishi haqidagi maqolani olib tashlashni talab qilishmoqda

Foto: © AP
AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampning advokatlari New York Times (NYT) nashridan chorshanba kuni chop etilgan Tramp haqidagi maqolani olib tashlashni talab qilishmoqda. Unda ikki ayol milliraderni shilqimlikda ayblagan. Assoshieyted Press shu haqida xabar berdi.
Advokat Mark Kasovits nashrga yo‘llangan xatida maqolani "Tramp nomzodini mag‘lubiyatiga uchratish maqsadidagi siyosiy urinishdan boshqa narsa emas"ligini ma'lum qilgan. Shuningdek u maqolani "haqorat va bo‘hton", deb atagan.
NYT nashri chorshanba kuni bir necha yillar avval milliarder bilan tasodifan uchrashib qolgan amerikalik ikki ayol qissasini chop etgan. 74 yoshli Jyessika Lidsning so‘zlariga ko‘ra, taxminan 30 yil ilgari u Tramp bilan bir reysda parvoz qilgan. Parvozdan 45 daqiqacha o‘tgach, milliarder to‘siqni tushirib, unga shilqimlik qila boshlagan. "U o‘zini xuddi sakkizoyoq kabi tutib, menga yopisha ketdi", - deya xotirlaydi ayol. U samolyot salonidagi qo‘shnisining noo‘rin xatti-harakatlari tufayli havo kemasining eng orqa qismiga ko‘chib o‘tishiga to‘g‘ri kelganini ta'kidlagan.
Reychel Kruks ismli ayol nashrga Trampning shilqimligiga doir yana bir vaziyat haqida xabar qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2005 yilda o‘sha payt 22 yoshda bo‘lgan ayol Bayrock Group kompaniyasida kotiba bo‘lib ishlagan. Kompaniya idorasi Manxettendagi osmono‘par Trump Tower binosida joylashgan bo‘lgan. Bir kuni ertalab Reychel lift oldida milliarder bilan uchrashib qolgan va u ishlaydigan firma Tramp bilan hamkorlik qilgani uchun salomlashib, o‘zini tanishtirgan. Kotibaning ko‘rishish uchun uzatgan qo‘lini mahkam ushlab olgan Tramp ayolga shilqimlik qila boshlagan. "Bu juda noo‘rin xatti-harakat edi", - deydi Reychel.
Trampning jamoasi uning o‘zini bunday tutishi mumkinligi haqidagi taxminlarni "bema'ni", deb atadi. Bundan tashqari milliarderning shtabi gazetani Demokoratlar nomzodi Hillari Klinton atrofidagi mojarolardan chalig‘itishga urinishda aybladi.
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:12
-
29 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:24
-
YeI sudi Maltadan «oltin pasportlar» berishni to‘xtatishni talab qildi
Jahon | 22:21
-
Shpitsbergen arxipelagidagi yer maydoni 300 mln yevroga sotilishi mumkin
Jahon | 22:17
Mavzuga oid

15:27
Isroilga qarshi sud eshituvi, Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston va Ukrainada 9 may otashkesimi - kun dayjesti

13:05 / 28.04.2025
Eron portidagi dahshatli portlash, Kanadada fojiaga aylangan festival va Suvaysh kanaliga «ko‘z olaytirayotgan» Tramp - kun dayjesti

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

13:55 / 25.04.2025