Sentyabrda betobligi tufayli şifoxonaga yotqazilgan Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Şirak şifoxonani tark etdi va davolanişni uy şaroitida davom ettiradi. Bu haqda Şirakning kuyovi Frederik Sala-Baru AFP axborot agentligiga ma'lum qildi.

"Prezident Şirak uyiga qaytiş uçun Pite-Salpetriyerdagi şifoxonani tark etdi", deb ma'lum qildi Sala-Baru.

Şirak Parijdagi şifoxonaga 18 sentabrda yotqazilgandi. Şirak salomatligi yomonlaşgani sababli odatga köra oilasi bilan ta'til ötkazadigan Marokaşdan tezda uyiga qaytişiga töğri kelgan. 

Şirak 1995 yildan 2007 yilgaça Fransiya prezidenti bölgan. Jamoatçilik fikrini örganiş böyiça ötkazilgan sörovnomaga köra, Şirak hozirgaça fransuzlarning barça zamonlardagi eng sevimli prezidenti bölib qolmoqda.