Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pike Shakira bilan qanday tanishganini so‘zlab berdi
Foto: express.co.uk
«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Xerard Pike, unga ikki o‘g‘ilni dunyoga keltirgan qo‘shiqchi Shakira bilan qanday tanishganini hikoya qilib berdi.
«Biz birinchi marta Madridda, JCh-2010 oldidan Shakiraning Waka Waka klipini suratga olish jarayonida uchrashdik. Men undan telefon raqamini so‘radim. U, Ispaniya terma jamoasidan avvalroq JARga ketdi. Chunki, Shakira jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etishi kerak edi. Men unga, ob-havoni so‘rab, qisqa xabar yubordim. To‘g‘ri, bunday oddiy ahmoqona savolga odatda: „bu yer sovuq, paltoni ol“, deya javob berishadi. Ammo, u menga tafsilotlarga to‘la maktub yubordi. Biz musobaqa davomida ham yozishib turdik. U bilan chempionat oxirlarida uchrasha oldim. O‘shanda, Shakiraga, u bilan uchrashish uchun finalgacha borish kerak bo‘lsa, shunday qilishimni aytdim. Va jahon chempionati finalidan keyin biz ikkinchi marta uchrashdik», — degan Pike TV3 telekanaliga bergan intervyusida.
Ispaniya terma jamoasi 2010 yili JARda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati finalida Niderlandiya terma jamoasini qo‘shimcha daqiqalarda mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
21:10 / 05.05.2026
«Real» muxlislari Mbappening ketishi uchun deyarli 1,5 mln imzo to‘pladi
11:26 / 03.05.2026
«Arsenal»da yirik g‘alaba, «Barsa» bugun chempion bo‘lishi mumkin
20:46 / 30.04.2026
«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Madridda 180 ta xonadonga egaligi ma’lum bo‘ldi
12:33 / 26.04.2026