Aql bovar qilmas ishlarni bajaruvchi olimlar dahshatli filmlardagina yaxshi ko‘rinadi, aslida esa bundaylar butun dunyoga tahdid soladi. Gap shundaki, haqiqiy tadqiqotchi o‘z kashfiyotining halokatga sabab bo‘lishi mumkinligini bilsa-da, to‘xtay olmaydi, chunki unga anglash jarayonining o‘zi qiziq tuyuladi. "Don't panic" o‘z ixtirolari bilan butun dunyoni yo‘q qilishi mumkin bo‘lgan ba'zi olimlar haqida ma'lumot berdi.
Leonardo da Vinchi

Aksariyat kishilar Leonardo da Vinchini Uyg‘onish davrining buyuk dahosi sifatida bilishadi, biroq o‘z zamonasi uchun u "mukammal xasta" hisoblangan. San'at, texnik ixtirolar, anatomik ekzertsislar va hokazo - bir o‘ylab ko‘ring-a, Leonardo da Vinchi hamma narsaga ulgurgan.
Professor Genri Markrem

Janubiy Afrika olimi o‘z hayotini sun'iy intellekt yaratishga bag‘ishladi va aftidan, u ishining uddasidan chiqadi. Blue Brain loyihasining amalga oshirilishi 2018 yilning oxiriga belgilangan - ma'lumotlarga ko‘ra, Markrem dastlab o‘z mahsulotini "Skaynet" deb nomlamoqchi bo‘lgan. Bu hech narsani eslatmayaptimi?
Jovanni Aldini

Meri Shellining Frankenshteyn haqidagi romani yodingizdami? Italiyalik fizik Jovanni Aldini g‘aroyib olim Viktor Frankishteynning prototipi bo‘lgan. Uning osib qo‘yilgan Jorj Foster tanasi ustida olib borgan tajribasi tibbiyot tarixida qoldi: vafot etgan kishi elektr kuchi ta'sirida ko‘zini ochgan, qo‘llarini qimirlatgan. Bunday ixtirodan o‘ziga kelishi qiyin bo‘lgan ilmiy komissiya Aldinini yoqib yuborishiga bir baxya qolgan, natijada fizik shunchaki surgun qilingan.
Charlz Xyolfig

Psixiatr Charlz Xyolfig insonlarning nufuzli shaxslarga bo‘ysunishga qanchalik tayyor ekanliklarini tekshirishni yaxshi ko‘rardi. Uning buyrug‘iga binoan shifoxonadagi tibbiyot hamshiralari bemorlarga "Og‘u" deb yozilgan idishchalardan suyuqlik (aslida esa bu distillangan suv bo‘lgan) tortib yuborishgan. 22 hamshiradan 21 nafari lavozimiga ko‘ra o‘zidan yuqori turuvchi kishining buyrug‘ini darhol bajargan, lekin tadqiqotchining o‘zini shifoxonadan sharmandalarcha haydashgan.



















