Jahon | 10:07 / 16.10.2016
7992
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq harbiylari Mo‘sulga tez orada hujum boshlanishidan ogohlantirib, varaqalar tashladi

Foto: AFP

Iroq harbiy-havo kuchlari samolyotlari shanba kuni kechqurun IShID jangarilari nazoratida bo‘lgan Mo‘sul shahriga aholini tez orada hujum boshlanishidan ogohlantirib, varaqalar tashlagan. Bu haqda CNN telekanalida xabar berildi.

"G‘alaba onlari kelmoqda. Iroq IShID g‘oyalari yoki boshqa istalgan g‘oyadan ozod bo‘lishi onlari kelmoqda", deyilgan varaqalardan birida.

Shahar xalqiga mamlakat bosh vaziri Haydar al-Obodiy shunday murojaat qilgan: "Biz Mo‘sulni ozod qilishga va hududda xavfsizlik hamda barqarorlikni ta'minlashga tayyorlanmoqdamiz".

Hukumat shahar aholisini vahimaga tushmaslikka va o‘z uylarida qolib, shaharning ma'lum hududlariga bormaslikka chaqirgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid