O‘zbekiston | 16:24 / 17.10.2016
9112
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» litiy batareyasida ishlaydigan qurilmalarni qo‘l yuki sifatida olib ketishni tavsiya qildi

Foto: «Anons.uz»

«O‘zbekiston havo yo‘llari» yo‘lovchilarga litiy batareyasida ishlaydigan portativ elektron qurilmalarni faqat havo kemasi salonida qo‘l yuki sifatida yoki yonida olib ketishni tavsiya etadi. Bu haqda milliy aviakompaniya saytida ma'lum qilindi

Ushbu tavsiya Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti ko‘rsatmalariga muvofiq va parvozlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida berilayotgani ta'kidlangan.

Shuningdek, mazkur qurilmalarni havo kemasi bortida zaryadlashga yo‘l qo‘ymaslik, ushbu tavsiyalarga qat'iy amal qilish so‘ralgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid