Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klopp nursiz durangdan ham ijobiy jihat topa oldi
«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan va 0:0 hisobidagi nursiz durang bilan yakunlangan o‘yin borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Biz imkoniyatlarimiz darajasida yaxshi o‘ynay olmadik. Biz bahsni o‘rtacha sur'atda boshladik. Ularning himoyasi qarshimizdan chiqqan zahoti dadil harakat qila olmadik. O‘z vaqtida uzatmalar bera olmadik.
«MYu»da vaziyatlar bo‘lmadi. Balki ikkinchi bo‘limda ikkita vaziyat bo‘lgandir. Biz hujum qilganda esa De Xea 2 yoki 3ta seyvni amalga oshirishga majbur bo‘ldi.
Lekin har qanday holatda ham o‘z o‘yinimizni namoyish qila olmadik. Ha, bu mavsumdagi ilk "quruq" o‘yinimiz bo‘ldi — ura!
Biz yetarli darajada xotirjam o‘ynay olmadik, ammo bu «MYu»ning o‘yin uslubi, muammo yo‘q. Buni hurmat qilish kerak, lekin xotirjamlikni saqlab qolish lozim. Futbolchilar men istagandek o‘ynashmadi. Shunga qaramay, ochko qo‘lga kiritdik. Bundan battar bo‘lishi ham mumkin edi», – deya Kloppning so‘zlarini keltirgan VVS.
Mavzuga oid
15:54 / 08.11.2025
«MYu» «Tottenhem»ga qarshi, Italiyada derbi, «Barselona»da yana qiyin safar. Kun o‘yinlari anonsi
11:18 / 06.01.2025
«MYu» uyg‘ondi va «Liverpul»ga kurash taklif qildi
15:54 / 15.01.2024
«MYu» hujumchilari gol ura boshladi, Ispaniyada peshqadam ochko yo‘qotdi. Yevropada kun o‘yinlari
15:36 / 08.05.2023