Peskov: Putin Berlindagi "Normand to‘rtligi" uchrashuvida ishtirok etadi

Foto: © TASS
Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ruslar yetakchisi Vladimir Putinning 19 oktabrda Berlindagi "Normand to‘rtligi" uchrashuvida qatnashishini tasdiqladi. Bu haqida TASS agentligi ma'lum qildi.
"Prezident ertaga Berlinga yo‘l oladi va u yerda Merkel, Olland va Poroshenko bilan muzokaralar o‘tkazadi", - dedi u jurnalistlarga.
U seshanba kuni davlat rahbarining bu safarga tayyorgarlik ko‘rishga doir bir qator majlislar o‘tkazishi hamda ularning barchasi yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tishini ta'kidladi. Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, tashrifga tayyorgarlik ko‘rish uchun davlat rahbarlari yordamchilari darajasida ish olib borilgan. "Bu (yordamchilar faoliyati) ushbu uchrashuvga chiqish imkonini yaratdi".
"Ukraina prezidenti saytiga nazar tashlasangiz, unda 19 oktabrda Berlin shahrida Poroshenko, Merkel va Ollandning "Rossiyani Minsk kelishuvlarini bajarishga majburlash" maqsadida "normand formatida" uchrashuv o‘tkazishi haqida yozilgan, - deydi Peskov. - Ukraina prezidenti rasmiy saytida bunday jumlaning ishlatilishi vaziyatning naqadar jiddiyligi hamda Kiyevning Minsk kelishuvlari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish niyati yo‘qligidan dalolat beradi".
"Shunga (Kiyevning Minsk kelishuvilaridagi majburiyatlarini bajarish istagi yo‘qligi) qaramay, Putin Minsk kelishuvlari bo‘yicha majburiyatlarni "normand formatida" bajarish uchun imkon qadar hamma narsaga tayyor", - deya ma'lum qildi Peskov.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

14:15 / 08.05.2025
Rossiya Berlindagi Karnegi markazi direktorini qidiruvga berdi

10:45 / 18.04.2025
Berlinda vokzallar va transportda pichoq olib yurish taqiqlanadi

14:49 / 10.02.2025
Berlinda - Germaniya siyosatidagi o‘ng burilishga qarshi yurish

11:34 / 01.01.2025