Ekvador hukumati WikiLeaks asosçisi va Ekvadorning Londondagi elçixonasida 2012 yildan beri qolayotgan Julian Assanjga internetga qirişni qisman çeklab qöyganini rasman tan oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Ekvador, özining suveren huquqidan foydalanib, Buyuk Britaniyadagi elçixonasida aloqa tizimlariga kirişni vaqtinçalik çeklab qöydi", deb aytildi hukumat bergan bayonotda.
Ekvador hukumati bu çeklov WikiLeaks’ga "jurnalistik faoliyatini" amalga oşirişda xalaqit bermasligini ma'lum qildi.
Avvalroq Assanjga internet tarmoğiga ulaniş çeklangani ma'lum qilingandi. WikiLeaks ma'lumotlariga köra, bu çora AQŞ davlat kotibi Jon Kerri iltimosiga köra amalga oşirilgan.












