Qozoğiston parlamenti quyi palatasi deputati Irina Smirnova mamlakatda terrorçilar uçun alohida qamoqxonalarni barpo etiş taşabbusi bilan çiqdi.
"Qozoğistonda ekstremistik va terrorçilik faoliyati bilan boğliq moddalar böyiça sudlanganlar uçun maxsus koloniyalarni barpo etiş yoki qamoqxonalarning özida alohida hududlarni taşkil etiş masalasini zudlik bilan hal qiliş lozim. Bu birinçi galda qamoqda saqlanayotgan yoşlarning orasida radikal ğoyalar urçişining oldini oliş maqsadida amalga oşirilişi kerak", — degan Smirnova, Qozoğiston boş vaziriga yöllagan maktubida.
Uning qayd etişiça, ekstremistik taşkilotlar sobiq mahbuslar bilan faol işlaydi. "Köplab sobiq mahbuslar ozodlikka çiqqaç, davlat va jamiyatdan köra, ekstremistik taşkilotlar tarafdorlaridan köproq moddiy va ruhiy yordam oliş imkoniyatiga ega", — degan Smirnova.













