Özbekistondagi barça 4 partiya 2016 yilning 4 dekabr sanasida ötkaziladigan Özbekiston Respublikasi Prezidentligi uçun böladigan saylovda iştirok etadigan nomzodlarini tasdiqlab böldi.
14 oktabr kuni Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Hotamjon Ketmonovni Prezidentlikka nomzod etib körsatdi.
15 oktabr kuni Narimon Umarov «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan, Sarvar Otamuratov esa «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida körsatildi.
19 oktabr kuni ÖzLiDeP delegatlari Özbekiston Prezidenti lavozimiga Şavkat Mirziyoyev nomzodini tasdiqladi.












