«Matbuot uchun balandparvoz bayonotar va sanksiyalar haqidagi tahdidlar Halabda oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan hech kimga, bolaga ham, ota-ona, bemor yoki jabrlanganga ham yordam bermaydi», — degan Germaniya tashqi ishlar vaziri nashrga bergan intervyusida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, jahon hamjamiyati Ukraina inqirozi va Halabga bomba yog‘dirish amaliyotiga barham berishga urinmoqda. 

«Agar, biz, Rossiyaga qarshi sanksiyalar bilan muammoni hal etish mumkinligiga ishonganimizda, ehtimol, Halabni bombalashda tanaffus e'lon qilinishiga erishmagan bo‘lardik», — degan Shtaynmayyer va Suriya inqirozining harbiy yo‘l orqali yechimi maqsadga muvofiq emasligini qayd etgan.