Bugun Toşkent şahri Yaşnobod tumanidagi 226-maktabda özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 27 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bölib ötdi.



Bolalarning sevimli jurnali “Jajji akademik” bilan hamkorlikda taşkil qilingan tadbirda öquvçilar özbek tilining tarixi va buguni haqida köplab qiziqarli hamda qimmatli ma'lumotlar bilan tanişişdi.

Jurnal boş muharriri Xurşid Ibrohimov bolalar qalbida öz ona tiliga nisbatan muhabbat uyğotişning ahamiyati, xususan, “Jajji akademik” jurnalining bu boradagi sa'y-harakatlari haqida sözladi.


Tadbirda öquvçilarning özbek tili böyiça savodxonligi darajasini aniqlaşga qaratilgan qiziqarli viktorina-öyinlar ham bölib ötdi. Savollarga töğri javob bergan öquvçilar “Jajji akademik” jurnali hamda “Akademnashr” naşriyotining sovğalari bilan taqdirlanişdi.
















