20 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi.

Deputatlar jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oşirilayotgan islohotlarni yanada çuqurlaştirişga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini körib çiqişdi.

Parlament quyi palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalar siyosiy partiyalar fraksiyalari va Özbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining, Qonunçilik palatasi qömitalarining majlislarida vazirliklar va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari iştirokida dastlabki tarzda muhokama qilingan edi.

Deputatlar öz işlarini Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Ş.Mirziyoyev tomonidan qonunçilik taşabbusi huquqi tartibida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi körib çiqişi uçun kiritilgan “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi qonun loyihasini birinçi öqişda muhokama qilişdan boşladi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Axborot xizmati xabar qilişiça, qonun loyihasi muhim va öz vaqtida qabul qilinayotgan bölib, u korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi huquqiy munosabatlarni keng kölamda qonun yöli bilan tartibga solişga, davlat organlari, taşkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oşirilayotgan korrupsiyaga qarşi kuraşiş çora-tadbirlarining samaradorligini oşirişga, şuningdek jamiyat hayotining barça sohalarida bunday holatga töliq barham berişga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oşiriş orqali korrupsiyaning barça körinişlariga nisbatan murasasozlik muhitini yaratişga qaratilgandir.

Parlament quyi palatasi deputatlari öz işlarini “Ma'muriy qamoqni ötaş tartibi töğrisida”gi qonun loyihasini birinçi öqişda muhokama qiliş bilan davom ettirdi.

Deputatlar qayd etganidek, qonun loyihasi ma'muriy qamoqqa olingan şaxslar saqlanadigan maxsus qabulxonalarning huquqiy maqomi, ularni qabul qiliş, saqlaş hamda ozod qiliş tartibi, huquq va majburiyatlari, intizomiy jazo çoralari hamda ma'muriy qamoqni amalga oşirişga taalluqli boşqa qoidalarni nazarda tutadi.

Uşbu qonunning qabul qilinişi hibsga olingan şaxslarning huquq va erkinliklari himoyasi kafolatlarini mustahkamlaşga, ma'muriy qamoq jazosini ötaşning yagona amaliyotini ta'minlaşga, içki işlar organlari faoliyati samaradorligini hamda uşbu tizim xodimlarining mas'uliyatini oşirişga xizmat qiladi.