«Biz Rossiya tanklari boshqa hech qachon Pragaga qaytmasligi uchun barcha ishni qilamiz, biroq buning uchun bizni butun sivilizatsiyalashgan dunyo qo‘llab-quvvatlashi kerak», — degan Parubiy.

Foto: prokratura.org.ua

Uning qo‘shimcha qilishicha, Markaziy Yevropadagi vaziyat tubdan o‘zgarmoqda. Spikerning ta'kidlashicha, ushbu mamlakatlardagi yuqori lavozimli rossiyalik josuslar o‘z ta'sirini yo‘qotmoqda.