Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Schiaparelli marsolyoti Marsga qo‘nish vaqtida falokatga uchradi
Rossiya-Yevropa koinot qurilmasi Schiaparelli Marsga qo‘nish vaqtida uning sirtiga urildi. Bu haqda Yevropa koinot agentligi (EKA) vakili Terri Blankarga iqtibos keltirgan holda Frans Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Blankarning aytishicha, qurilmaning falokatga uchraganini Mars orbitasidagi AQShga tegishli bo‘lgan MRO (Mars Reconnaissance Orbiter) sun'iy yo‘ldoshi yordamida olingan surat evaziga aniqlay olindi.
"Yangi suratda Schiaparelli parashyuti bo‘lishi mumkin bo‘lgan oq dog‘ va qo‘ndirilayotgan qurilmaning rejalashtirilgandan uzoqroq davom etgan erkin tushishi vaqtida hosil bo‘lgan zarba sifatida qarash mumkin bo‘lgan qora dog‘ bor", deb ma'lum qildi NASA.
Ta'kidlanishicha, YeKA va NASA mutaxassislari marsolyot bilan nima sodir bo‘lganini aniqlash uchun bu suratni yaxshilab o‘rganib chiqishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Schiaparelli 19 oktabrda Toshkent vaqti bilan soat 19:48 da Marsdagi Meridiana platosiga qo‘nishi kerak bo‘lgan. Biroq qo‘nish vaqtida qurilmadan keluvchi signal uzilib qolgan.
Schiaparelli Yevropa koinot agentligi va Roskosmos bilan birgalikda yaratilgan bo‘lib, "EkzoMars" missiyasiga kiradi. Uning maqsadi Qizil sayyora sirtini o‘rganish hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:57 / 09.02.2026
Ilon Mask endi Mars emas, Oyda shahar yaratish ustuvor ekanini aytdi
08:07 / 02.02.2026
Marsda “tungi fotosessiya”: Curiosity sun’iy yoritishdan foydalandi
14:38 / 14.11.2025
NASA Marsga EscaPade pilotsiz missiyasini muvaffaqiyatli uchirdi
11:30 / 24.10.2025