Anonymous taşkiloti xakerlari WikiLeaks saytining taşkilotçisi va boş muharriri Julian Assanjning internetini öçirib qöygan Ekvador hukumatining elektoron poçta xizmatiga zarba berdi.

«Internetni öçirsangiz — biz sizning aloqa manbaingizni öçiramiz», — degan Anonymous Twitter’da.

Tvitda Ekvador hukumatining poçta xizmati işlamayotgani aks etgan surat ilova qilingan.

Bundan oldinroq WikiLeaks 15 oktabr kuni Ekvadorning Londondagi elçixonasida turgan Assanj internetdan uzilib qolgani, bu Jon Kerrining sörovi asosida Ekvador hukumati tomonidan amalga oşirilgani haqida xabar qilgandi.

Köp ötmasdan Ekvador hukumati Assanjga internetga kirişni çeklab qöyganini tan oldi.