Meksikalik suratçi Feliks Ernandez 200 ming AQŞ dollari turadigan Audi R8 modelini avtomobilning 40 dollarlik öyinçoği yordamida reklama qildi.

DIY Photography naşrining yozişiça, dastlab suratkaş öz ğoyalarini Audi vakillariga bildirgan. Natijada kompaniya rahbariyati öyinçoq maşina yordamida olingan suratlarni yuqori baholab, reklama suratlarini olişga buyurtma bergan. 

Digital Synopsis naşrining yozişiça, fototasvirlarni oliş uçun kam kuç sarflangan. Ernandez sahna körinişi, yoruğlik, foydali rakurslar va fotokamera sozlamalari vositasida maxsus effektlarni hosil qilgan. U özining Facebook tarmoğidagi guruhida reklama tasvirlarini suratga oliş maydonçasidan olingan suratlarni e'lon qildi. 

Feliks Ernandez kiçik buyumlarni yirik körsatuvçi suratlari bilan maşhurdir.