Musobaqada O‘zbekistonning iqtidorli sportchilaridan Isroil Madrimov, Abdulxay Shorahmatov, xotin-qizlar o‘rtasida Tursunoy Rahimova hamda Maftuna Meliyeva o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, finalga qadar bo‘lgan janglarda g‘alaba qozongan Nodir Mirzaahmedov, Abror Qodirov, Fazliddin Meliboyev, Shahnoza Nizomova kumush medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Elnur Abduraimov, Zuhriddin Mahkamov va Dilnoza Odiljonova uchinchi o‘rinni egalladi.