16:12 / 24.10.2016
6526

Konte: «Mourinoni tahqirlaydigan ish qilganim yo‘q»

Foto: Sky Sports

«Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte «Manchester Yunayted» bilan o‘yindagi 4:0 hisobidagi g‘alabani nishonlashda o‘z quvonchini haddan ortiq darajada namoyish etgani raqiblar murabbiyi Joze Mourino tomonidan tahqirlash kabi qabul qilingani to‘g‘risidagi gapga javob qaytardi.

«Men futbolchi bo‘lganman, maydonda o‘zimni qanday tutishni bilaman, barchani hurmat qilaman.

«MYu» fanatlari kuylashda davom etishayotgandi, bizning muxlislar esa jim qolgandi. Shu tufayli futbolchilarimga muxlislardan olqish olib berishni istagandim. Menimcha, bu normal holat.

Men va Joze ikkimiz o‘rtamizda hech narsa ro‘y bermadi, meni o‘zimni yaxshi tutdim. Men hech kimning ustidan kulmadim. Men hamisha raqibga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘laman va o‘zimga ham shunday munosabat talab qilaman.

Agar hissiyotlarni yo‘qotishni istasangiz, unda kasbingizni o‘zgartirib, uyda o‘tirganingiz ma'qul. 

Takrorlayman, Mourinoni kamsitadigan ish qilganim yo‘q», – degan Konte.

Manba: Tribuna.uz

Top