NATO rahbariyati Rossiyaning Suriyaga yo‘l olgan og‘ir aviatashuvchi «Admiral Kuznetsov» kreyseri Halab shahriga havo zarbalari berishda ishtirok etishdan xavotir bildirmoqda. Bu haqda, alyans yetakchisi Yyens Stoltenberg Bryusselda o‘tkazgan matbuot anjumanida bayonot berdi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» agentligi.
«Xavotirlar shundan iboratki, "Admiral Kuznetsov" yetakchiligidagi kreyserlar guruhi Halabdagi tinch aholi vakillarini bombardimon qilishni kuchaytirishda qo‘llanilishi mumkin», — deb qayd etgan Stoltenberg.















