Özbekiston aholisi soni 2016 yilning 1 oktabr holatiga köra 31 million 977,1 ming kişini taşkil qildi. Bu haqda Özbekiston respublikasi davlat statistika qömitasi saytida xabar qilingan. Yil boşidan buyon aholi soni 401,8 ming nafarga köpaydi va bu 1,3 foizlik ösişni körsatadi.
Jumladan, şahar aholisi soni 16181,4 ming kişini (jami aholi soniga nisbatan 50,6 foiz), qişloq aholisi soni 15795,7 ming kişini (jami aholi soniga nisbatan 49,4 foiz) taşkil etdi.
Yanvar-sentabr oylari davomida 532,4 ming nafar bola tuğilib, mos ravişda tuğiliş koeffitsiyenti 22,4 promilleni taşkil qildi (2015 yilda 22,8 promille bölgan).
2016 yilning yanvar-sentabr oylarida 108,9 ming ölim qayd etilgan bölib, mos ravişda ölim koeffitsiyenti 4,6 promilleni taşkil etdi.
Vafot etganlarning 59,4 foizi qon aylaniş tizimi kasalliklaridan, 8,9 foizi ösimtalardan, 5,9 foizi ovqat hazm qiliş a'zolari kasalliklaridan, 5,2 foizi nafas oliş a'zolari kasalliklaridan, 6,3 foizi baxtsiz hodisa, zaharlaniş va jarohatlanişlardan vafot etgan.
2016 yilning yanvar-sentabr davri mobaynida 5,6 mingta 1 yoşgaça bölgan bolalar ölimi qayd etildi va gödaklar ölimi koeffitsiyenti 10,1 promilleni taşkil etdi.
Röyxatga olingan 1 yoşgaça ölgan jami bolalarning 55,5 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 24,4 foizi nafas oliş a'zolari kasalliklaridan, 9,8 foizi tuğma anomaliyalardan, 3,1 foizi yuqumli va parazitar kasalliklardan vafot etgan.
2015 yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYo organlari tomonidan 176,1 mingta nikoh va 22,2 mingta nikohdan ajralişlar qayd etilgan. Respublika böyiça nikoh tuziş koeffitsienti 7,4 promilleni, nikohdan ajraliş koeffitsiyenti esa 0,9 promilleni taşkil etdi.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, 2016 yilda respublika böyiça köçib kelganlar soni 106,5 ming kişini, köçib ketganlar soni esa 128,2 ming kişini taşkil etdi. Migratsiya qoldiği minus 21,7 ming kişini taşkil etdi (2015 yilda minus 23,1 ming kişi bölgan).
















