Qozoğistonning Pavlodar viloyatidagi trassada buzilib qolgan avtobusdan 79 nafar özbekistonlik qutqarib olindi, deb xabar bermoqda Qozoğiston içki işlar vazirligi favqulodda vaziyatlar qömitasi rasmiy vakili Ruslan Imonqulovga iqtibos keltirgan holda Tengrinews.kz. 

23 oktyabrda viloyatning Aksus tumanida, Qalqaman posyolkasiga 15 km yetmasdan, "Qizilörda-Pavlodar" trassasida soat 21:30da 79 nafar özbekistonlikni olib ketayotgan SETRA rusumidagi yönaliş avtobusi buzilib qolgan. Avtobus Omskdan Çimkentga kelayotgan bölgan.

"Yomon ob-havo şaroitlari va yaqin atrofda aholi punkti yöqligi hamda -6 gradus sovuq harorat tufayli mahalliy ijroiya idoralari bilan birgalikda yölovçilarni zudlik bilan Döstik qişloğiga evakuatsiya qilişga qaror qilingan", deb ma'lum qildi Imonqulov.

Voqea joyiga Kalqaman trassa tibbiy-qutqaruv punkti xodimlari jönatilgan. Yölovçilarni Döstik qişloğidagi maktabga evakuatsiya qiliş uçun qöşimça "Gazel" maşinasi jalb qilingan. 

Foto: caravan.kz
Foto: caravan.kz
Foto: caravan.kz