Ukraina Yuqori Rada deputati Nadejda Savçenko Rossiya FXX çegara boşqarmasi xodimlari u bilan juda xuşmuomala bölganliklarini aytdi. Bu haqida parlamentariy 26 oktabr, çorşanba kuni NewsOne kanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Savçenko jurnalistning "Rossiyaga safar çoğida qiyinçiliklar bölmadimi?" degan savoliga ana şunday javob berdi.
"Men u yerda qandaydir bir jinoyatçi emasman. Agar men qonun doirasidan çiqqan bölganimda meni u yerga qöyişmas edi. Aslida safar çoğida Rossiya bojxonasi va FXX xodimlari menga juda yaxşi muomalada bölişdi. Heç qanday norozilik bildirilmadi. Heç qanday muammolarni körmadim va nima uçun xalq deputatlari u yerga borişdan qörqişlarini tuşunolmayman", - dedi Savçenko.
Bundan avval Savçenkoning Ukraina fuqarolari Nikolay Karpyux va Stanislav Klyxlar işi böyiça sud majlisiga kelgani haqida xabar berilgandi. Uning advokati Nikolay Polozov ham Savçenkoning Rossiyaga safari davomida heç qanday tösiqlar bölmaganini ta'kidladi. "Rasman u mutlaqo erkin inson", - dedi huquq himoyaçisi.
May oyida Çeçeniston sudi Rossiyada taqiqlangan "Ukraina milliy assambleyasi — Ukraina xalq mudofaasi" taşkiloti tarkibiga kiruvçi Karpyux va Klyxni 1990-yillarda Şimoliy Kavkazdagi harbiy harakatlardagi iştiroki uçun uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilgandi. Oliy sud Karpyux va Klyxga nisbatan belgilangan jazoni öz kuçida qoldirdi.

















