«Real» jamoasi boş murabbiyi Zaynidin Zidan Ispaniya Kubogi doirasida «Kultural Leonesa» jamoasiga qarşi keçgan va 7:1 hisobidagi yirik ğalaba bilan yakunlangan öyinda Naço tomonidan urilgan golga munosabatini bildirib ötdi.
U özining 2002 yili Çempionlar ligasi finalida «Bayyer» (2:1) darvozasiga urgan goli bilan Naçoning golini soliştirgan.

Naço Ispaniya Kubogi 1/16 finalidagi uçraşuvning 68-daqiqasida, hisob madridliklar jamoasi foydasiga 5:0 bölib turgan vaqtda jarima maydonçasida darvozaga 15 m masofada turib, "qayçi" uslubida aniq zarba yölladi.
«Naço çiroyli gol urdi, u futbol tarixiga kiradi. «Bayyer»ga urgan golim? Naçoniki çiroyliroq, şunday emasmi? Futbolçi jiddiy şuğullansa, şunda işni amalga oşirişga erişadi», deya mutaxassisning sözlarini keltirgan AS.

















