Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Xitoy razvedkasi Pentagonning maxfiy rejalarini o‘g‘irladi
Xitoy razvedkasi Pentagonning Xitoy bilan ehtimoliy qurolli to‘qnashuviga oid maxfiy rejalarini qo‘lga kiritgan. Bu haqda Washington Free Beacon nashri Kongress komissiyasi hisobotiga asoslangan holda yozmoqda.
Hisobotda qayd etilishicha, Xitoy razvedkasi xodimlari bir necha marotaba AQSh xavfsizligi tuzilmalari, shu jumladan FQB tarkibiga kirishga muvaffaq bo‘lgan. Amerika mudofaa ma'muriyati vakillarining so‘zlariga ko‘ra, eng jiddiy holat bu USPACOM qo‘mondonligida shartnoma orqali ishlovchi Benjamin Pirs Bishopning maxfiy ma'lumotlarni o‘g‘irlab, XXR fuqarosi bo‘lgan ayolga berganidir.
Mazkur ma'lumotlarda Pentagonning harbiy jangovar rejalari, xususan yadro qurolini shay holatga keltirish hamda Xitoyga nisbatan strategiyaga oid hisobot bo‘lgan. Shu bilan birga, XXR hukumati tomonidan Amerika fuqarolarini yollash va maxfiy ma'lumotlarning ularga berilishi hollari ko‘p bora yuz bergan.
Avvalroq, AQShning milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Amerika josuslari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘g‘irlagani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026