Tailand boş vaziri va harbiy hukumat boşliği general Prayut Çan-Oça Youtube’dagi şaxsiy kanalida özi yozgan qöşiqni çop etdi. Qöşiq tailandliklarni oğir damlarda ma'nan qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Bu haqda 27 oktabrda Tailand hukumati rasmiy vakili general-mayor Sansem Keokamnet ma'lum qildi.

"Boş vazir bir oy avval "Umid va işonç" deb nomlangan qöşiq yozdi hamda unga musiqa yaratiş va uni studiyada yoziş uçun quruqlikdagi qöşinlar musiqiy ansambliga bergan", deb ma'lum qildi Keokamnet.

Tailand Uçinçi milliy telekanali qöşiq berilgan kuniyoq qöşiqni quruqlikdagi qöşinlar qöşiqçilari ijrosida namoyiş qilgan.

"Umid va işonç bizga istalgan oğir yölni yengişga, uni oxirigaça ötişga yordam beradi. Birdamlik va özaro kömak – bu taylarga oğir damlarda doim yordam beradigan sifatlardir" deyilgan qöşiq matnida. Bu boş vazirning oxirgi ikki yildagi uçinçi qöşiğidir. 

Yangi qöşiq 13 oktabrda vafot etgan Tailand qiroli Pxumipxon Adul'yadeta vafoti munosabati bilan milliy motam davom etayotgan vaziyatda yozildi. Qirol mamlakatga 70 yildan köproq hukmronlik qilgan va mamlakat aholisi tomonidan çuqur hurmatlangan.