Germaniyalik qöşiqçi Saşa Xerşenbax 2013 yilda boşidan jiddiy jarohat olgan maşhur poygaçi Mixael Şumaxerga bağişlab "Kuraşiş uçun tuğilgan" deb nomlangan qöşiğini kuyladi.  Şundan söng xonandaga Şumaxerning turmuş örtoği Korinnadan maktub keldi. Maktubda jahonning yetti karra çempionining holati haqida bir neça yildan beri sir saqlanayotgan ma'lumot bitilgan.

“Men javob kelişini kutmagandim, ammo uyimga Korinna öz qöli bilan yozgan maktub keldi. U menga qöşiq uçun minnatdorlik bildirgan va bu qöşiq uning oilasiga oğir damlarida yordam berganini yozgan”, deya uning sözlaridan iqtibos keltiradi Postimees. — U Şumaxerning soğligi töğrisida oçiq gapirmagan, ammo maktubda umid yöqolmaganini anglatuvçi quyidagi gap yozilgan: "Şumaxer tiklanişda davom etmoqda, u taslim bölişni öylamayapti".

Eslatib ötamiz, Şumaxer 2013 yilda toğ-çanği kurortida boşidan jarohatlangan. U uzoq vaqt davomida komada yotdi. Uning oilasi sportçining ahvoli va qayerda ekanligi haqida heç qanday ma'lumot bermayapti.