Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev ona yurti haqida qöşiq kuylab, unga videoklip işlatdi. Klip Yelbasining Instagram’dagi sahifasida joylaştirilgan.

Videoda Nazarboyev qöşiqni kuylagan holda bepoyon dalalar böylab sayr qilayotgani tasvirlangan. Şuningdek, klipda Nazarboyevning bolalar bilan lolaqizğaldoq dalalarida ötirganini köriş mumkin. 

Qozoğistonning birinçi prezidenti videoga “Men köplab davlatlarda bölganman. Biroq ulardan birortasi ona qozoq yerim, Olatou ostonasidagi uç tepalik bilan tenglaşa olmaydi. Bu yerda mening bolaligim ötgan, bu yerda mening ildizlarim”, deb izoh qoldirgan. 

Ta'kidlanişiça, qöşiq matnini Nazarboyevning özi yozgan, musiqasini esa kompozitor Altinbek Korazbayev bastalagan. 

Iyul boşida Nazarboyevning sevimli qöşiqlari röyxati e'lon qilingandi. Unga köra, Yelbasining eng sevimli qöşiği 1970-1980-yillarda maşhurlaşgan “Jұldyzym” (Yulduzim) qöşiği hisoblanadi. Keyingi örinlarni şoir Abay Kunanbayev şe'riga yozilgan “Kөzіmnің qarasy” (Közimning qarosi), “Beu, ayday” (Oh, oyim), “Sәulem-ay” (Salom-ey) qöşiqlari egallagan. 

Video: YouTube