Dubaydagi eng baland minora The Tower'ning quriliş joyida poydevor boşlaş marosimi ötkazildi. The Tower minorasi quriladigan Dubai Creek Harbour hududida ötkazilgan marosimda BAA boş vaziri şayx Muhammad bin Raşid Al Maktum ham iştirok etdi.

“Yangi minora inson arxitekturasi tarixida yangi bosqiçni belgilab beradi: BAA yetakçi öringa loyiq bölgan poygani”, — dedi Şayx Muhammad marosimdan söng.

U The Tower minorasini şaharning yangi yuragi va jahon miqyosidagi qadamjo deb atadi.

“Insoniyatda öz tasavvuridan bölak heç qanday çeklov va çegaralar yöq”, — deya qayd etdi u.

Minora tijorat va madaniyat öçoği bölgan Dubai Creek Harbour markaziga aylanadi, uning qurilişiga Emaar Properties javobgardir. The Tower içida balkonli va tomoşa maydonlariga ega mehmonxona böladi.

Şayx Muhammad tanlagan loyiha ispan-şveysar arxitektor Santyago Kalatrav Vals tomonidan işlab çiqilgan. Uning boşqa taniqli işlari orasida Nyu-Yorkdagi butunjahon savdo markazi, Kanada jahon köprigi, Afinadagi Olimpiya sport majmuasi va Daniyaning Turning Torso minorasi bor.

Minora dizaynini yaratişda nilufarguldan ilhom olingan.