International Hotel Tashkent mehmonxonasida 2 noyabr kuni mobil sohadagi — MobiCon//2016 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir raqamli texnologiyalar sohasining barcha ko‘zga ko‘ringan vakillarini bir maydonda yig‘adi. Konferentsiya qatnashchilari va ma'ruzachilari orasida — Beeline, Yandex, «Odnoklassniki», LG Electronics, Ucell, UZINFOCOM markazi mutaxassislari va boshqalar bor.

Konferentsiya dasturi rang-barangdir va unda internet, media va telekommunikatsiyani rivojlantirish mavzulari uchta zalda parallel tarzda muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Bir necha qiziqarli yo‘nalishlarni qayd etib o‘tish kerak:

Internet. «VimpelCom Ltd»ning korporativ aloqalar bo‘yicha direktori Endryu Chaxoyaning ma'ruzasi «5G qanday qilib dunyoni o‘zgartiradi».

Startaplar. 2017-yilda qanday qilib startap yaratish mumkin: Kremniy Vodiysi tendensiyasi va dunyo trendlari. Ma'ruzachi Maks Gurvits (Cross Border Angels).

Qo‘shimcha reallik biznes uchun yangi marketing mahsuloti sifatida. Ma'ruzachi: Dilshod Muzaffarov (Ledokol Group).

Elektron tijorat. Mobil tijoratning O‘zbekistondani istiqbollari, mobil to‘lovlar uchun virtual terminallarni va MPOS tizimlarni rivojlantirish. Ma'ruzachilar: Ulug‘bek Rustamov (CLICK), Bekzod Botirov (UPAY).

Mobil sohasida monetizatsiya manbalari. Ma'ruzachilar: Aziz Raximov, Nikita Fominov (Yandex).

Mobil o‘yinlar — g‘oyadan sotuvga qadar. Ma'ruzachilar: Maksim Shikov (PizzaGame) va Akmal Salixov (Koozmeech).

Kontentni targ‘ib qilish. Damir Xalilov (Green PR) YouTube, Periscope, Facebook Live orqali video kontentni targ‘ib qilish haqida gapirib beradi, mobil ilovalarni targ‘ib qilish usullari bilan Sergey An (Pashigrev Marketing) va Sergeĭ Shevchenko (Webnow) o‘rtoqlashadilar. Mobil va desktop targ‘iboti farqlari haqida Alekseĭ Kupreyev va Sergeĭ Serdyukov (UFOX) so‘zlab beradilar.

Anjumanda O‘zbekiston, Bolgariya, Rossiya, Qozog‘iston, Niderlandiya va Belarus Respublikasidan jami 20 nafardan ortiq ma'ruzachilar qatnashishi kutilmoqda. Tadbirning to‘liq dasturi bilan mobicon.uz veb-saytida tanishish mumkin.