Yugoslaviyaning 1999 yilda NATO qöşinlari tomonidan bombardimon qilinişini Ikkinçi jahon uruşi yakunlangandan keyin Yevropadagi mustaqil davlatga qarşi qaratilgan birinçi tajovuzkor harakat bölgan, deb aytdi Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov "Rossiya-1" telekanali efirida. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Yugoslaviyaga qarşi tajovuz, aynan tajovuz bölgan. Darvoqe, bu Yevropadagi mustaqil mamlakatga 1945 yildan keyingi birinçi qurolli hujum bölgan", deb aytdi Lavrov.
Lavrov şuningdek Ğarb davlatlarini, birinçi navbatda AQŞ va Buyuk Britaniyani Rossiyani Suriyadagi harakatlari uçun haqorat qilişda aybladi. "Eslatib qöyaman, Yugoslaviyaga qarşi tajovuz katta miqdordagi fuqarolik obektlariga, jumladan Serbiya televideniyesiga, köpriklar va boşqa köplab obektlarga hujum bilan borgan", deb ta'kidlab ötdi Lavrov va bombardimonlar oqibatida 3 mingdan köproq odam, jumladan yuzlab bolalar halok bölgani, 250 ming kişi qoçqinga aylanganiga işora qildi.
1999 yilning 24 martidan 9 iyunigaça Yugoslaviya tarkibiga kirgan Serbiya va Çernogoriya NATO tomonidan bombardimonlarga uçragan. Bunday hujumlarga rasmiy sabab Kosovadagi etnik tozalaşlar ekanligi aytilgan.













