28 oktabr erta tongda Toşkent şahri köçalaridan birida yirik avtohalokat sodir böldi. «Samarqand Darvoza» savdo köngiloçar majmuasi yaqinida yuz bergan baxtsiz hodisada qurbonlar bölgan, deb xabar qilgan Facebook ijtimoiy tarmoğidagi "Voditeli Taşkenta" guruhi.
Xabarlarga köra, halokatda «Gazel» yuk maşinasi va Mercedes rusumli yengil transport vositasi özaro töqnaşib ketgan. Guvohlarning sözlariga köra, transport vositalari yonlamasiga töqnaşgan. Zarbaning öta kuçli bölgani tufayli Germaniyada işlab çiqilgan maşina bir uyum temir-tersakka aylanib qolgan. Uning haydovçisi va old örindiqda ötirgan qiz fojia joyida halok bölgani aytilmoqda. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari halok bölganlarning oila a'zolariga hamdardliklarini bildirişgan.
Şuningdek, guvohlarning aytişiça, avtohalokatga Mersedes haydovçisi sababçi bölgan. U katta tezlikda qarama-qarşi yölakka çiqib ketgan va boşqaruvni yöqotgan. «Gazel» maşinasiga ham jiddiy talofat yetgan. Xabarlarga köra, yuk maşinasi haydovçisi ham voqea oqibatida hayotdan köz yumgani, u ikki nafar farzandning otasi bölgani aytilmoqda.
















