AQŞda 17 yoşli qizni avtomobilni öğirlaganlik uçun ikki yilga ozodlikdan mahrum qilişdi. U jinoyatni sodir etiş vaqtida jabrlanuvçidan uzatmalar qutisini orqaga qanday ötkazişni söragan, deb yozmoqda Seattle Pi.

Mahkama hujjatlarida aytilişiça, hodisa Sietl şahrida avgust oyi boşlarida röy bergan. Jabrlanuvçining sözlariga köra, ikki kişi yarim tunda uning maşinasiga yaqinlaşib, pistolet bilan döq-pöpisa qilgan va barça naqd pullarini hamda maşina kalitini berişni talab qilgan. 

Şundan söng avtomobilga ötirgan öğrilar yarim daqiqa ötar-ötmas, maşinadan çiqişgan va jabrdiydadan avtomobilni qanday qilib orqaga yurgiziş mumkinligi haqida söraşgan. Ular buni bilişgaç, maşinani olib qoçişgan. Politsiya mahkamasi avtomobilni qöşni tumandan topgan.

Qölga oliş çoğida avtomobilda faqat öğrining qiz şerigi bölgan. Keyinçalik huquq-tartibot idoralari öğrilikka aloqador 15 yoşli ösmirni ham topişgan. Hozirça uning işi körib çiqilmoqda.