MSKda YeXHT DIIHBning O‘zbekistonga kelgan missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Foto: Kun.uz
2016 yilning 2 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (DIIHB) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Yoxan Peter Traugott Teyler boshchiligidagi kuzatuvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov Komissiyaning YeXHT DIIHB bilan hamkorligi samarali rivojlanib borayotgani va ijobiy natijalar berayotganini ta'kidladi. DIIHB rasmiy veb-saytida joriy yilning 21 oktabrida e'lon qilingan hisobotida aytilganidek, O‘zbekistonda saylov kampaniyasining barcha bosqichlari qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.
Hisobotda 2015 yilning mart oyida o‘tkazilgan prezidentlik saylovi yakunlariga ko‘ra o‘sha yilning dekabr oyidayoq “Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunlarga hamda boshqa normativ hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgani ijobiy baholandi. Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok eta olishini yengillashtirish maqsadida prezidentlikka nomzod ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan imzolar sonining qisqartirilgani, saylovoldi tashviqoti tushunchasi, uni o‘tkazish shakllari, turlari va usullari to‘g‘risidagi normaning mustahkamlab qo‘yilgani, qamoqda saqlash joylarida saylov uchastkalari tuzilishi, muddatidan oldin ovoz berish muddatlari, tartibi va jarayoni mustahkamlab qo‘yilgani, ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida “sukunat kuni” o‘rnatilishi hamda boshqa o‘zgartish va qo‘shimchalar alohida qayd etilgan.
Markaziy saylov komissiyasi saylovchilar ro‘yxatini tuzish tartibi, nomzodlar ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlab to‘plangan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tartib-taomilini, saylovoldi tashviqoti tashkil etilishini hamda saylov kampaniyasi moliyalashtirilishini, shikoyat va arizalar ko‘rib chiqilishini, shu jumladan ma'muriy huquqbuzarliklar rasmiylashtirilishini, shuningdek kuzatuvchilarning huquqlari hamda burchlariga oid masalalarni tartibga solib turuvchi hujjatlarni yangiladi.
Uchrashuvda YeXHT DIIHB missiyasi faoliyati, uning O‘zbekistonda saylovni kuzatish bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etish masalalari xususida fikr almashildi.
Ta'kidlash lozimki, Byuroning saylovni kuzatish bo‘yicha missiyasi tarkibiga asosiy guruh bilan birga 20 nafar uzoq muddatli kuzatuvchilar, ovoz berish kuni saylov uchastkalarida kuzatuvni amalga oshiradigan 250 nafar qisqa muddatli kuzatuvchilar kiritilgan.
Shu yilning 5 noyabr kuni mamlakatimizga keladigan uzoq muddatli kuzatuvchilarning vazifasi yurtimizda saylov jarayonining turli bosqichlarini kuzatishdan iborat. Kuzatuv natijalari Byuroga saylov jarayoni haqida to‘laligicha hisobot tuzish imkonini beradi.
Shuningdek, joriy yilning 2-6 dekabr kunlari faoliyat yuritishi nazarda tutilgan qisqa muddatli kuzatuvchilarning vazifalari ularga biriktirilgan hududda saylov kuni kuzatuvni amalga oshirish, o‘z xulosalari natijalarini Byuroning qarorgohiga yetkazishdan iborat.
Ta'kidlash lozimki, saylovni kuzatish bo‘yicha to‘liq tarkibdagi missiya Markaziy saylov komissiyasining taklifi hamda mamlakatimiz mazkur muhim siyosiy tadbirni xalqaro standartlarga muvofiq ochiq va oshkora o‘tkazishga tayyorligi e'tiborga olinib, O‘zbekistonga ilk marotaba yuborilmoqda.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rim papasining lavozimga kirishish tadbirida O‘zbekiston vakili qatnashdi
Jahon | 16:27
-
Qozog‘iston - O‘zbekiston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punkti yana 4 oyga yopildi
O‘zbekiston | 16:09
-
Prezident Toshkent metrosini TTZgacha olib borish rejalari bilan tanishdi
O‘zbekiston | 16:05
-
Prezidentga qurilish materiallari tarmog‘idagi rejalar taqdimot qilindi
O‘zbekiston | 16:02
Mavzuga oid

20:20 / 08.04.2025
“Yakkalangan davlat bo‘lmasligimiz kerak” – YeXHT Parlament assambleyasi prezidenti

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

21:57 / 07.02.2025