Chaqaloqning o‘g‘il yoki qiz bo‘lishi bundan 1400 yil oldin aytilgani ayon bo‘ldi

Foto: Flicr
Siz tug‘ilajak chaqaloqning o‘g‘il yoki qiz bo‘lishi nimaga bog‘liqligini bilasizmi? Qur'on oyatlari chaqaloqning jinsi uning otasiga bog‘liq bo‘lishini bildirmoqda. Chaqaloqning jinsi erkakdan ona qorniga to‘kiladigan suyuqlikka bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, uning jinsi otadan keladigan maniyning hujayralariga bog‘liq bo‘lar ekan. Ona organizmi tug‘ilajak bolaning nasli aniqlanadigan jarayonda ishtirok etmaydi. Bu haqda Muxlis.uz yozmoqda.
"Va albatta U Zot otilib chiqadigan nutfadan erkak-ayol juftlarni yaratgandir." (Najm surasi, 45-46-oyatlar)
"Axir u (bachadonga) to‘kiladigan maniydan bir (haqir) nutfa emasmidi?! So‘ngra laxta qon bo‘ldi. Bas, (Alloh uni) yaratib, raso (inson) qildi. So‘ng undan erkak va ayol juftlarni (paydo) qildi." (Qiyomat surasi, 37-39-oyatlar)
Tajribalar asosida tug‘ilajak bolaning jinsi faqat otaning maniysi tarkibidagi hujayralarga bog‘liq ekanligi, ona organizmining bunga hech qanday aloqasi yo‘qligi aniqlandi. Chaqaloqning jinsini belgilab beruvchi omil - bu xromosomalardir. Bolaning o‘g‘il yoki qiz bo‘lishi ota maniysidan ona organizmiga X yoki Y xromosomalarning qaysi biri o‘tishiga bog‘liq bo‘ladi.
Shak-shubha yo‘q-ki, yigirmanchi asrning o‘rtalarigacha, ya'ni genetika fani paydo bo‘lguniga qadar, insoniyat tug‘ilajak chaqaloqning pushti belgilanadigan bunday nozik va murakkab mexanizmlardan mutlaqo bexabar edi. Aksincha, ko‘pgina jamiyatlarda bolaning jinsi aynan ona organizmiga bog‘liq degan xato fikr hukmron edi. Tarixdan ma'lumki, ko‘pgina xalqlarda qiz tuqqan ayollar tahqirlanib, huquqlari poymol qilib kelingan.
Qur'oni Karimda esa, genetikaning fan sifatida paydo bo‘lishi va gen tushunchasining fanga kirib kelishidan deyarli o‘n uch asr avval bo‘lajak farzandning o‘g‘il yoki qiz bo‘lishi ayol emas, balki aynan ota organizmiga, uning maniy tarkibiga bog‘liq bo‘lishi ochiq-oydin bayon qilib berilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi
Jahon | 01:16
-
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda
Jahon | 00:31
-
Kashmirda sayyohlarni o‘qqa tutgan terrorchilar haqidagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qilindi
Jahon | 23:43 / 23.04.2025
-
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi
Jahon | 23:20 / 23.04.2025
Mavzuga oid

12:07 / 26.11.2024
2023 yilda 85 ming ayollar va qizlar femitsid qurboniga aylandi

20:49 / 19.11.2024
Toshkent viloyatida salkam 7 kiloli chaqaloq tug‘ildi

08:20 / 18.06.2024
O‘zbekistonda qiz bolalarga nisbatan o‘g‘il bolalar ko‘p tug‘ilmoqda

08:25 / 18.05.2024