NATOning sobiq boş kotibi Anders Fog Rasmussenning fikriça, AQŞdagi prezidentlik saylovi natijasi qanday bölişidan qat'iy nazar, mamlakat rahbariyati jahondagi mojarolarni hal etişda faolroq bölişi lozim. 

"Bizga xalqaro politsiyaçi bölgan Amerika kerak. Biz Amerikaning jahon işlaridagi yetakçiligini örnatişimiz lozim", — degan NATO sobiq boş kotibi Britaniyaning Sky News telekanaliga bergan intervyusida.

U hal etilişi lozim bölgan muammolar qatorida Suriya, Iroq, Liviya va Ukraina şarqidagi vaziyatlarni tilga olgan.

"Qudratli davlatlarning dam olişga haqqi yöq. Atrofga qarasangiz, dunyo uruş va mojarolar alangasida qolganini körasiz. Iroq parçalaniş yoqasida. Liviya – Şimoliy Afrikadagi davlatçiligini yöqotmoqda. Rossiya Ukrainaga hujum qilayapti va Şarqiy Yevropani beqarorlaştirayapti. Xitoy öz kuçini namoyiş etmoqda, yadro hujumlari bilan tahdid qilayotgan ğayriqonuniy mamlakat bölgan Şimoliy Koreya", — degan Rasmussen.

"Bularning barçasi xalqaro huquq va tartibni tiklaş uçun xalqaro politsiyaçi kerakligini bildiradi", — deya qayd etgan Rasmussen.

Uning sözlariga köra, Barak Obama şu paytgaça "jahondagi mojarolarga barham berişda qurolli kuçlardan foydalaniş yoki ular bilan tahdid qilişga qarşilik qilib kelgan".

Alyansning sobiq boş kotibi respublikaçilar nomzodi Donald Tramp prezident bölişidan xavotirini yaşirmagan. Uning aytişiça, bu "dunyo uçun juda xavfli" bölişi mumkin.