Jahon | 15:54 / 03.11.2016
4366
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada turli davlat organlariga yangi rahbarlar tayinlanmoqda

Foto: Asia Pacific Daily

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe mamlakatdagi siyosiy inqiroz tufayli o‘ziga tushayotgan bosim sabab turli rahbarlarni o‘zgartirayapti. Bu haqda Yonxap agentligi xabar qilmoqda. Bu safar u o‘z ma'muriyati rahbarini vazifasidan ozod etgan va uning o‘rniga shu paytga qadar Prezident huzuridagi milliy yarashish qo‘mitasi raisi bo‘lgan Xan Gvan Okni tayinlagan. 

Bundan tashqari, davlat rahbari Xu Von Jyeni o‘zining yangi siyosiy kotibi lavozimiga tayinlagan. 

Agentlikka ko‘ra, Pak Kin Xe o‘zining sobiq kotibi An Chon Bomning qo‘lga olinganini tasdiqlagan. An Chon Bom yirik kompaniyalardan prezident dugonasi Tsoy Sun Sil nazoratidagi jamg‘armalarga pul o‘tkazishda ta'magirlik qilishda gumon qilinmoqda. 

Avvalroq, Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe siyosiy mojaro sabab bosh vazirni almashtirgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid