Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti dunyo şaharlari hokimiyatlarini, imkon qadar köproq yaşil hududlarni barpo etişga çaqirmoqda. Gap serdaraxt boğ va xiyobonlar, unça katta bölmagan yaşil maydonçalar haqida bormoqda. 

Yaşil hududlarning şaharliklar soğliğiga ta'siri borasida (Urban green spaces and health - a review of evidence (2016)) tadqiqot ötkazgan mualliflarning xulosa qilişiça, bu kabi maydonlar ruhiy tuşkunlikka barham beriş hamda jismoniy faollik uçun imkoniyat taqdim etadi. 

Insonlarning tabiat qöynida bölişi turli omillar, havoning ifloslanişi, şovqin va jazirama issiqning zararli ta'sirini kamaytirişga imkon beradi. 

BMT ekspertlariga köra, şaharliklar özlari istiqomat qiladigan hudud yaqinida unça katta bölmagan yaşil maydonçalarga ehtiyoj sezadi. Şu bilan birga, ularning ta'kidlaşiça, faol dam oliş uçun möljallangan jamoat joylari, jumladan, sport öyinlari maydonçalari atrofini ham obodonlaştiriş zarur. 

Bundan taşqari, yaşil hududlar şaharlarni turli tabiat hodisalari: öta jazirama hamda haddan ortiq köp yoğingarçilikka nisbatan bardoşli qiladi. 

Bu kabi hududlari köp bölgan şaharlar aholisi esa, soğlomroq bölgani sababli, soğliqni saqlaş sohasiga sarf etiladigan xarajatlar ham keskin kamayadi.