2016 yilning 8 noyabr kuni AQŞda hisob böyiça 45-prezident saylanadi. “Okean orti mamlakati”da 1789 yildan boşlab prezident saylovi ötkazib kelinadi. AQŞda prezident saylovi har 4 yilda - törtga qoldiqsiz bölinuvçi yillarning noyabr oyining birinçi duşanbasidan keyingi birinçi seşanbasida ötkaziladi. Köpçilik, demak, noyabrning birinçi seşanbasi ekan-da, deyişi mumkin. Ammo bunday emas. Mabodo 1 noyabr seşanbaga töğri kelib qolsa, u holda saylovlar 8 noyabrda ötkaziladi. Eslatib ötiş kerak-ki, AQŞda bölib ötadigan prezidentlik saylovida faqat ikki nomzod – “demokratlar va respublikaçilardan vakillar qatnaşadi”, degan tassavvur mutlaqo notöğridir. Aslida, prezidentlik saylovlariga rasman önlab nomzodlar qöyiladi. Biroq yozilmagan qoidalarga köra, nima uçundir ikkita partiya vakillariga köproq e'tibor qaratiladi.
Jorj Vaşington
Gilbert Styuart portreti
AQŞning birinçi prezidenti etib bir ovozdan Jorj Vaşington saylangan. 1792 yilda ikkinçi muddatga yakdilik bilan qayta saylandi. Şu kungaça u yuz foiz ovoz bilan saylangan AQŞning yagona prezidenti sifatida tan olinadi. Jorj Vaşington AQŞ tarixida partiyasiz bölgan ikkita prezidentning bittasidir. Uning fikriça, partiyalar örtasidagi kuraş siyosiy hayotga salbiy ta'sir körsatib, mamlakat taraqqiyotining rivojlanişga tösiq böladi. Ikkinçi partiyasiz prezident Jon Tayler (1841—1845) edi. U avvaliga vitse-prezident etib saylangan, 1841 yilda prezident Uilyam Garrisonning vafotidan keyin davlat rahbarligini qölga kiritgan edi. Vitse-prezident etib saylangan vaqtda Jon Tayler viglar partiyasining a'zosi edi, biroq prezident lavozimini egallagaç partiyadoşlari manfaatlariga zid siyosat yurita boşladi. Şundan söng partiya saflaridan çiqarildi.
Franklin Delano Ruzvelt
Hulton Archive/Getty Images
Prezidentlik lavozimida Franklin Delano Ruzvelt eng köp (1933—1945) 12 yil (4422 kun) faoliyat yuritgan bölsa, Uilyam Garrison atigi 31 kun faoliyat yuritdi. U 1841 yilda inauguratsiya marosimidan köp ötmay vafot etdi.
Teodor Ruzvelt
Mavzuga oid
AP Photo
AQŞ tarixida eng yoş prezident sifatida Teodor Ruzvelt (1901—1909) tan olingan. U 42 yoşga kirganida prezidentlik lavozimiga kirişgan edi. Töğri, u prezident etib töğridan töğri saylanmagan. Vitse-prezident bölgani uçun ham 1901 yilda prezident Uilyam Mak-Kinli öldirilganidan söng davlat rahbari sifatida faoliyat yurita boşladi. Eng yoş prezident etib saylangan Jon Kennedi(1961—1963)dir. U 43 yoşida prezident etib saylangan edi. Eng keksa prezident sifatida Ronald Reygan (1981—1989) köriladi. U lavozimiga kirişgan vaqtda 69 yoşda edi. Ikki muddat AQŞni boşqargan Ronald Reygan 78 yoşida Oq uyni tark etdi.
Grover Klivlend
C.M. Bell Studio Collection/Library of Congress
Bir muddatdan söng tanaffus bilan ikkinçi muddatga prezident etib saylangan Grover Klivlend 22-çi (1885-1889) va 24-çi (1893—1897) prezident sifatida tan olinadi.
Barak Obama
AP Photo/Rick Bowmer
AQŞ tarixida birinçi qora tanli prezident Barak Obama (2009—2017)dir.
Nobel laureatlari
Pascal Le Segretain/Getty Images
AQŞning uç nafar prezidenti — Teodor Ruzvelt (1901—1909), Vudro Vilson (1913—1921) va Barak Obama (2009—2017) öz faoliyatlari mobaynida Tinçlik böyiça Nobel mukofotiga sazovor bölgan. Şuningdek, eks-prezident Jimmi Karter (1977—1981)ga ham Nobel mukofoti berilgan.
Hillari Klinton
Justin Sullivan/Getty Images
Şu kungaça xotin-qizlar biror marta ham prezident yoki vitse-prezident lavozimlarini egallamagan. Biroq vitse-prezidentlikka ikki marta ayollar öz nomzodini körsatgan. 1984 yilda Jyeraldin Ferraro Demokratik partiyadan va 2008 yilda Sara Peylin Respublikaçilar partiyasidan öz nomzodlarini vitse-prezidentlikka körsatgan edi. Prezidentlik kuraşiga kirişgan birinçi ayol Hillari Klinton hisoblanadi. Demokratik partiya içida bölib ötgan 2008 yilgi praymerizda u Barak Obamaga mağlub böldi. 2016 yilda esa Hillari Klinton rasman prezidentlikka Demokratik partiyadan nomzod böldi.
Gerbert Guver
AP Photo
Oq uy rahbarlari öz maoşlarini xayriya maqsadlariga ham yönaltirişgan. Jumladan, 31- prezident Gerbert Guver (1929—1933), 35-prezident Jon Kennedi (1961—1963) prezidentlikdan oladigan maoşlarini xayriya maqsadlariga sarflaşgan.
Prezident lavozimi 1787 yilda qabul qilingan Konstitutsiyaga köra joriy qilingan va 1789 yilda kuçga kirgan. Prezident davlat va ijroiya hokimiyat rahbari hamda Qurolli kuçlar oliy boş qömondonidir.
AQŞda tuğilgan, kamida 14 yil mamlakat hududlarida istiqomat qilib kelayotgan va saylov vaqtida 35 yoşga kiradigan har qanday AQŞ fuqorosi prezidentlikka nomzodini körsatişi mumkin. Prezident 4 yil muddatga saylanadi. Bir kişi ketma-ket ikki muddatga prezident etib saylana olmaydi. Konstitutsiyaga köra, Prezident “qonunlarni bajarilişini nazorat qiladi va Qöşma Ştatlardagi barça amaldorlarni tayinlaydi”. Yuqori mansabli rahbarlar (vazir va idoralar rahbarlari), şuningdek, Oliy sud a'zolari “senat roziligi va maslahati bilan” prezident tomonidan tayinlanadi.
Prezident har yili Kongressga “Mamlakatdagi vaziyat” töğrisida hisobot berib turadi. Prezident veto huquqiga ega. Ammo Prezident Kongressni tarqatib yubora olmaydi. Prezident taşqi siyosatni belgilab beradi. Şaxsan özi yoki öz vakillari orqali xalqaro muzokaralar olib boradi va şartnomalarni imzolaydi. Xorijiy davlatlar elçilaridan işonç yorliqlarini qabul qilib oladi va xorijiy davlatlarga AQŞ elçilarini tayinlaydi.
Prezident harbiy sohada çeklanmagan vakolatlarga ega. U boşqa davlatlar hududlarida jangovor harakatlar boşlaş borasida qurolli kuçlarga buyruq berişi mumkin. Ammo uruş e'lon qiliş huquqiga ega emas. Bu huquq Kongressga berilgan. Prezident qaroriga köra, mamlakatda favqulotda holat joriy etilişi mumkin.
AQŞda “Oqsoq ördak” degan ibora bor. Bu köp hollarda vakolati yakunlanayotgan prezidentga nisbatan işlatiladi. Mazkur ibora amaldagi prezidentning saylangan prezidentga asta-sekinlik bilan vakolatlarni topşiriş davriga nisbatan qöllaniladi. Töğri bu jarayonda amaldagi prezidentning vakolatlari saqlanib qolaveradi. Biroq uning har bir xatti-harakati jamoatçilik va ommaviy axborot vositalarida boşqaça qabul qilina boşlanadi. Masalan, 2001 yilning 20 yanvarida Jorj Buşning inauguratsiya marosimiga bir neça soat qolganida hokimiyatni topşirayotgan Bill Klinton 140 nafar mahbusni avf qiliş borasidagi farmonga imzo çekkan edi. Bu yerda qonun buzilişlariga yöl qöyilmagan bölişiga qaramay jamoatçilik Bill Klintonning bu qaroriga boşqaça nazar bilan qaragan edi.
Konstitutsiyaga köra, “davlatga xiyonat, korrupsiya va boşqa oğir jinoyatlar va xatti-harakatlari uçun” prezident impiçment orqali iste'foga çiqariladi. AQŞ tarixida impiçment ikki marta - 1868 yilda Endryu Jonson, 1998-1999 yillarda Bill Klintonga nisbatan qöllanilgan. Ammo ularning har ikkisi ham oqlangan. Öz xohişi bilan faqat bir prezident - Riçard Nikson (1974 yilda impiçment tahdidi sabab) mansabidan voz keçgan. Navbatdagi impiçment yangi prezidentga nisbatan (U Hillari Klinton böladimi yoki Donald Tramp qat'iy nazar) qöllanişi mumkinligi aytiladi. Tahlilçilarning fikriça, bu galgi saylovda kuçli nomzod yöq. Hillari Klinton yoki Donald Trampdan birortasi prezident etib saylangudek bölsa, ularning har ikkisi ham kuçli prezident bölişiga şubha bilan qarovçilar bor. Ularning har ikkisi ham dasturlarini hayotga tatbiq eta olmasliklari taxmin qilinmoqda. Hillari Klintonning va'dalarini amalga oşişiga Kongress tösqinlik qilişi turgan gap. Donald Tramp ğalaba qozongudek bölsa, uning atrofida ham muammolar bölişi aniq. Lekin buni vaqt körsatadi. Kim prezident bölişini amerikaliklar hal qiladi.
AQŞda muddatdan ilgari prezidentlik saylovlari ötkazilmaydi. Konstitutsiyaga köra, prezident vafot etsa, iste'foga çiqsa yoki mansabidan çetlaştirilsa u holda davlat rahbarligini avtomatik ravişda vitse-prezident egallaydi. Prezident va vitse-prezident lavozimlari böşab qolgudek bölsa, u holda Vakillar palatasining spikeri prezident sifatida faoliyat yuritadi. Röyxat böyiça Senat raisi, vazirlar prezident lavozimini egallaydi. Bu borada birinçi örinda davlat kotibi turadi. 1947 yilda qabul qilingan qonunga köra, Prezident lavozimini egallaydigan 18 ta amaldor tasdiqlangan.
1967 yilda Konstitutsiyaga kiritilgan 25-qöşimçaga köra, prezident öz vazifasini bajara olmay qolsa, u holda vitse-prezident bu vazifani bajarişga kirişadi. Buning uçun, albatta, prezident bayonot berişi kerak. Bu kabi hodisa atigi uç marta kuzatilgan. 1985 yil 13 iyulda Ronald Reygan 8 soat mobaynida öz vakolatlarini katta Jorj Buşga, 2002 yil 29 iyuni va 2007 yil 21 iyulida kiçik Jorj Buş öz vakolatlarini ikki soat Dik Çeyniga topşirgan edi.
Harakatlaniş uçun prezidentga aloqa jihozlari bilan ta'minlangan şaxsiy vertolyot va yaxta berilgan. Şaxsiy avtomobili zirhlangan. Prezidentga mamlakat içkarisi va xalqaro yönalişlarda parvoz qilişi uçun ikkita maxsus jihozlangan Boeing 747 (asosiy va zahira) samolyot ajratilgan. Bort №1ning yönalişi va parvoz vaqti maxfiylaştirilgan va harbiy amaliyot sifatida talqin qilinadi.
AQŞ prezidentining maoşi bir yilda 400 ming dollarni taşkil qiladi. Bundan taşqari, prezident boşqa harajatlar uçun bir yilda 50 ming dollar olişi mumkin. Bu mablağ maoşdan farqli ravişda soliqqa tortilmaydi. Prezident va uning oilasi istiqomat qiladigan Oq uy uçun bir yilda davlat xazinasidan 4 million dollar sarflanadi. Birgina gullar uçun 250 ming dollar ajratilişi aytiladi. Oq uydan taşqari prezidentning Merilend ştatida Kemp-Devid qarorgohi ham bor. Davlat rahbari mamlakat fuqarolaridan çeklanmagan miqdorda sovğa olişi mumkin. Ammo xorijiy davlat rahbarlaridan olingan sovğalar xalq mulki sifatida Milliy arxivga topşirilişi şart. Biroq prezident haqini davlat byudjyetiga topşirgudek bölsa, bu sovğalarni öziga qoldirişi mumkin.
“Jorj Buş” aviataşuvçisi
Mass Communication Specialist 1st Class Jason Winn/U.S. Navy
Prezidentlar vakolatlarini topşirganlaridan keyinoq ularning nomlarini abadiylaştiriş boşlanadi. Davlat rahbarlarining nomlari aviataşuvçilarga berilişi an'anaga aylangan. 2006 yilning noyabr oyida 41-prezident katta Jorj Buş (1989—1993) şarafiga “Jorj Buş” aviataşuvçi suvga tuşirildi.
Toşga öyib yozilganlar
AP Photo/Mike Stewart
AQŞda yana bir yaxşi an'ana bor. U ham bölsa prezident kutubxonasini taşkil qilişdir. Bu an'ana 1939 yildan beri amalda. Öşanda Franklin Ruzvelt öziga tegişli hujjatlarni Milliy arxiv xizmatiga topşirgan edi. Jorj Vaşington, Avraam Linkoln va Tomas Jyefferson xotirasiga Vaşington şahrida yodgorlik örnatilgan. Ularning nomi Teodor Ruzvelt nomi bilan birga Janubiy Dakota ştatidagi Raşmor toğiga öyib yozilgan. Jon Kennedi şarafiga Arlington qabristonida mangu olov yonib turibdi.
AQŞda “sobiq prezident” atamasi deyarli yöq. Ular raqamlari bilan atalişadi. AQŞ prezidenti etib saylangan kişi bu maqomni umrining oxiriga qadar saqlab qoladi. Bugungi kunda Barak Obamadan taşqari Jimmi Karter, katta Jorj Buş, Bill Klinton va kiçik Jorj Buş ham prezident maqomini saqlab qolgan. Iste'foga çiqqan AQŞ prezidentlari bir yilda 200 ming dollarga teng pensiya oladi. Sobiq prezident singari ularning oila a'zolari ham AQŞ Maxfiy xizmati tomonidan qöriqlanadi.