2016 yilda dunyoning eng farovon davlati Yangi Zelandiya böldi. 3 noyabrda Business Insider naşri yozişiça, Prosperity Index reytingini tuzuvçi Legatum Institute britan taşkiloti bunday xulosaga keldi.

Yetti yil davomida Legatum röyxatida yetakçilik qilib kelayotgan Norvegiya 2-öringa tuşib ketdi. U Yangi Zelandiyadan ta'lim sifati, xavfsizlik va ekologiyadan taşqari barça mezonlar böyiça ortda qoldi. 3-örinni Finlyandiya egalladi. Bu davlat hukumatning samaraliligi, demokratiyaning rivojlanganligi va qonun ustuvorligi kafolatlari darajasi böyiça eng yaxşi deb topildi.

Ta'lim sohasida yetakçilik qilayotgan Şveytsariya 4-örinni egalladi. Undan keyin Kanada, Avstraliya, Niderlandiya, Şvetsiya va Daniya kelmoqda. Bir yil avval 15-örinda bölgan Buyuk Britaniya öz körsatkiçlarini yaxşilab, yetakçi önlikning oxiridan joy oldi.

Rossiya şaxsiy erkinliklar sohasidagi eng past körsatkiçlardan biri bilan reytingning 95-örinidan joy oldi. Legatum Institute’da şaxsiy erkinliklar sifatida fuqarolarning huquq va erkinlari himoya qilinişi, jamiyat tomonidan namoyiş qilinadigan sabr-toqatlilik tuşuniladi.

Uşbu reytingni tuzişda 104 omil hisobga olinadi. Bu omillar orasiga nafaqat aholi jon boşiga yalpi içki mahsulot, bandlik darajasi va iqtisodiy körsatkiçlar, balki mobil telefonlar soni, bolalar orasidagi ölim darajasi, fuqarolarning saylovlarning halolligiga işonçi va mamlakatdagi vaziyatni baholaşga imkon beruvçi boşqa körsatkiçlar kiradi.