Turkiya boş vaziri Binoli Yildirim izoh berdiki, muxolifatdagi Xalqlar demokratiyasi partiyasining kurdparast deputatlari jinoiy iş böyiça körsatma berişdan böyin tovlagani uçun hibs qilingan. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Uning sözlariga köra, kimki terrorizmning yonini olsa, u öz harakati uçun javob bermoği lozim böladi.
Bu vaqtda sud qölga olinganlarning bir neçasini terrorizmga aloqadorligi uçun hibsga olişga körsatma bergan.
Turkiyada Xalqlar demokratiyasi partiyasi a'zosi bölgan 9 deputat qölga olindi. Ular orasida Ziyo Pir, Gulsar Yildirim va Xalqlar demokratiyasi partiyasi hamraisi örinbosari Sirri Surayyo Onder ham bor.
Şundan söng Germaniya TIVga uşbu holat yuzasidan turkiyaliklar elçisi izoh beriş uçun çaqirilgandi.













